2021 - yil noyabr oyida oflayn va onlayn formatda bo‘lib o‘tadigan Al-Fargʻoniy nomidagi (IAFPhO) 1-xalqaro fizika olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz.
Pandemiya holati kamayish yo'nalishida borayotgani va bu kasallik haqida o‘tgan yilga nisbatan ancha ko‘proq bilganimiz uchun, biz barcha jamoalarni Farg‘ona shahrida (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tadigan IAFPhO 2021 fizika olimpiadasiga qabul qilishga tayyormiz.
Sizning IAFPhO 2021ga ishtirok etish bo‘yicha arizangizni 2021 - yil 15 - oktyabrgacha qabul qilamiz. Olimpiada haqidagi yangiliklar www.iafpho2021.uz. veb sayt orqali yoritib boriladi.
Tashkiliy qo‘mita
IAFPhO 2021
Markaziy Osiyo yuragida joylashgan O‘zbekiston
Respublikasi o‘zining go’zal imoratlari, ko‘plab meʼmoriy
yodgorliklari, ajoyib tabiiy landshaftlari, moddiy madaniy meroslari,
muzeylar, teatrlar va boshqa madaniyat maskanlari, o‘tmish sivilizatsiyasining
qalʼa xarobalari, mashhur
hunarmandchilik ustaxonalari hamda o'zining juda mazzali milliy taomlari bilan mashhur. Birinchi
tashrifingizdanoq sizda bizning mamlakatimizga yana va yana kelishga undaydigan g‘ayrioddiy tuyg‘ular uyg‘onadi.