Ahmad al-Farg‘oniy
Ahmad
al-Farg'oniy (taxminan 798-861 yillar)- IX asrning
yirik olimlaridan biri, O'rta Osiyo astronomi, matematik va geograf. Farg'ona
vodiysida tug'ilgan. Yevropada lotincha Alfraganus nomi bilan mashhur bo'lgan.
Ahmad al
Farg'oniy va “Нikmatlar uyi” rahbari, matematik va astronom Al-Xorazmiy
boshchiligidagi bir guruh olimlar yillar davomida juda ko'p kashfiyotlar qilgan. Jumladan: yer meridianining kattaligini
hisoblash, yerning aylanasi, minglab samoviy jismlarning aniq koordinatalari va
tavsiflarini o'z ichiga olgan yulduzli osmon xaritasini tuzgan.
Al-Farg'oniyning eng mashhur asari —
«Samoviy harakatlar va umumiy astronomiya kitobi» («Kitob fiy harakat
as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum»). Asar nafaqat lotin tilida, balki bir qancha Yevropa tillarida
ham mavjud bo'lib, o'rta asrlarda eng ko'p o'rganilgan. Fargʼoniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493
yilda nashr etilgan va u Yevropa universitetlarida astronomiyadan asosiy
darslik sifatida qo’llanilgan. Ahmad al-Farg'oniy Misrda ishlagan paytida Nil daryosi
suv sathini o'lchovchi mashhur qurilma “Nilometr"
ni yaratdi, u hozirgi kungacha o’z ilmiy ahamiyatini yo'qotmagan. Bundan
tashqari, buyuk Dante Alighieri Ahmad al-Farg'oniy asarlari va kashfiyotlari bilan
tanish edi. U o’zining "Ilohiy komediya" asari qahramonining safari
orqali sayohatni yerning janubiy yarim shariga al-Farg'oniyning ta'rifiga
asoslanib amalga oshirgan, degan taxmin bor. Allomaning yer sharsimon shaklda
ekanligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil oʼtib amalda isbotlagan mashhur
sayyoh Xristofor Kolumb “Yer meridianining bir darajasi miqdori
haqidagi Аhmad al-Fargʼoniy hisoblarining toʼgʼriligiga toʼla ishonch hosil qildim”, deya
dastxat qoldirgan.
Shunday
qilib, buyuk ajdodimizning asarlari
Yevropa uygʼonish davridagi va undan ancha
keyingi davrdagi madaniyat rivojida sezilarli rol oʼynadi.
Farg‘ona Viloyati
Farg'ona
vodiysining janubida joylashgan Farg'ona shahri O'zbekistonning eng yosh
shaharlaridan biri hisoblanadi. 1876 - yilda tashkil etilgan. Farg'ona vodiysi
o'zining boyligi va manzarali go'zalligi uchun O'rta Osiyo durdonasi deb
ataladi. Farg'ona vodiysi Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog'lari bilan o'ralgan.
Qoradaryo va Norin daryolarining qo'shilishidan hosil bo'lgan Sirdaryo daryosi vodiyning
shimoliy chegarasi bo'ylab oqib o’tadi. Katta shaharlar vohalarda joylashgan -
Farg'ona, Qo'qon, Andijon, Namangan. Х - asrda Margʻilon Buyuk Ipak yoʻli boʻylab Misr va Gretsiya, Bagʻdod, Xuroson va Qashqarga eksport
qilgan ipak matolari bilan mashhur Fargʻonadagi eng yirik
shahar edi. Va bugun Marg'ilonni O'zbekistonning ipak poytaxti deb atash
mumkin. Bu yerda eski texnologiya bo'yicha qo'lda to'qilgan va bo'yalgan
mashhur "xon-atlaslar" ishlab chiqariladi. Qo'qon uzoq vaqt Farg'ona
vodiysining asosiy shahri bo'lib qoldi. Xavokand shahri haqidagi birinchi yozma
dalillar X asr yilnomalarida Buyuk Ipak yo'lida joylashgan va o'z
hunarmandchiligi bilan mashhur bo'lgan shahar sifatida topilgan. XVIII-XIX
asrlarda bu qudratli Qo'qon xonlikning poytaxti bo'lib, u o'z hokimiyatini
hozirgi O'zbekistonning aksariyat qismiga va qo'shni davlatlar hududiga
kengaytirdi.