Hurmatli ishtirokchilar, jamoa rahbarlari va kuzatuvchilar!

« Назад

Hurmatli ishtirokchilar, jamoa rahbarlari va kuzatuvchilar! 26.10.2021 19:56

Sizlarga joriy yilning 8-13 noyabr kunlari Farg’ona viloyatida o’tkaziladigan Ahmad al-Farg’oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasida 20 ga yaqin davlatlardan iqtidorli o’quvchilar ishtirok etishini ma’lum qilamiz va bundan biz juda ham mamnunmiz. Xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun ro’yhatdan o’tish muddati yakunlandi. Hozirgi vaqtda xalqaro olimpiadaning tashkiliy va ilmiy masalalari yuzasidan yuqori tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Hammangizga ma’lumki, mazkur xalqaro olimpiadada ishtirokchilar nazariy va amaliy bosqichlarda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazadilar. Barchangizga mustahkam sog’liq tilagan holda, sizlarni yuqori kayfiyat bilan O’zbekistonda kutamiz !


Наш Адрес:
O'zbekiston, Farg'ona
Наш Телефон: